...

01 Dek

Bugun viloyatimizda yurish marafonini o'tkazildi.

Marafonda Jizzax politexnika instituti Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Viloyat hokimining 2022-yil 25-noyabrdagi «1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan «Biz yoshlar OITSga qarshimiz» hamda «Tenglashish vaqti» shiorlari ostida yurish sog’lomlashtirish sport tadbirini o’tkazish to’g’risidagi 05-961-sonli chora-tadbirlar rejasi asosida Jizzax shahar O’rda ekologik bog’ida yurish sog’lomlashtirish sport tadbiri bo’lib o’tdi.

Ushbu marafon insonlarni sog‘lomlashtirish, ularni barkamollikga yetaklash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, “Sog‘lom hayot uchun 5 000 qadam” deya nomlandi.