...

26 Okt

Samarqand shahrida O‘zbekiston-Rossiya III ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda

Avval xabar berilganidek, 26-27-oktabr kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumi boʻlib oʻtadi.

Samarqand davlat universitetida oʻtayotgan ushbu nufuzli xalqaro forumda ikki davlat tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.

Forum doirasida ikki mamlakat taʼlim tashkilotlari, yetakchi kompaniyalari oʻrtasida fan, taʼlim, ishlab chiqarish integratsiyasini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, muhandislik-texnologiyasi, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatdagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan muzokaralar oʻtkaziladi.

Anjuman yalpi majlisida ikki davlat rahbarlarining forum ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittiriladi.

Forumning dastlabki ishi mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari oʻrtasida integratsiyani yoʻlga qoʻyish doirasidagi muzokaralarga bagʻishlanib, soʻng shoʻbalarga boʻlingan holda davom ettiriladi.

Dastlabki muzokaralarda Rossiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari, vazirliklar vakillari va Oʻzbekiston rektorlari oʻrtasidagi amaliy hamkorlik, ikki tomonlama loyihalar muhokama qilindi.

Unda Oʻzbekiston tomonidan Toshkent davlat transport, Geologiya fanlari, Toshkent davlat texnika universitetlari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali rahbarlari qatnashsa, Rossiya tomonidan esa, «Группа ГАЗ» MCHJ boshqaruv kompaniyasi, “Orgenergostroy” instituti AJ, “NANOEKOXIM” MCHJ, «Оргэнергострой» AJ, “ЭКРА” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, «НТЦ ФСК ЕЭС» AJ va«Гэотар-медиа» nashriyoti vakillari ishtirok etdi.

 

O‘zbekiston-Rossiya III ta’lim forumida Jizzax politexnika instituti rektori A.Usmankulov va institut vakillari ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasida bir qator hujjatlar imzolanmoqda.