...

30 Noy

JizPIda “OITS - XXI asr vabosi” mavzusida “Eng yaxshi plakat” tanlovi o‘tkazildi.

1-dekabr — OITSga qarshi kurash kuni

Mazkur sana munosabati bilan Jizzax politexnika institutida “OITS – XXI asr vabosi” mavzusida “Eng yaxshi plakat” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda institutda tahsil olayotgan 60 nafardan ortiq talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.

Ushbu tanlovni kirish so‘zi bilan institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova ochib berdi. S.Eshbekova o‘z so‘zida OITS qanday yuqishi mumkinligi hamda uning oldini olish choralari haqida to’xtalib o’tdi.

 Tadbir davomida talabalar plakatlari va mo‘yqalamlari bilan o‘z joylarini egalladilar va rasm chizishni boshlashdi.

Talabalar tomonidan uch soat davomida rasmlar chizildi va rang berildi. Tadbir yakunida ishchi guruh tomonidan chizilgan rasmlar baholandi.

  • OITS – XXI asr vabosi mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi plakat” tanlovida:
  • Birinchi o‘rinni – Kimyoviy texnologiya fakulteti 702-22KT guruhi talabasi Akramova Gulsevar;
  • Ikkinchi o‘rinni – Transport fakulteti 120-22YM guruhi talabasi Mo‘minova Yulduzoy;
  • Uchinchi o‘rinni – Servis fakulteti 541-22 MS va MSM guruhi talabasi Tojimurodov Begzod egalladi.

 Plakatlarga chizilgan tasvirlar ko‘rgazmaga kelgan talabalar tafakkurida OITSning inson hayoti uchun o‘ta xafvli kasallik ekanligi bo‘yicha tushunchalar shakllantirdi desak mubolag’a bo’lmaydi.