...

03 Dek

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

  • 1992-yil 14-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 47/3-sonli qaroriga asosan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e’lon qilindi.

Jizzax politexnika institutida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, u o‘z so‘zida har yili 3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelmoqda. Bundan asosiy maqsad jamiyatda nogironlar duch kelayotgan muammolarni yaxshiroq tushunish, ularni bartaraf etish, qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Zero, bu toifa insonlarning sog‘lig’ida muammosi bor bo‘lgani bois imkoniyatlari cheklangan va moddiy sharoiti ham talab darajasida emas. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini ta’minlashga erishish mumkin. Bugungi kunga kelib dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya’ni sakkiz kishidan kamida bittasida muayan bir turdagi nogironlik mavjud. Shularning 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi. Safimizdagi imkoniyati cheklanganlarning har tomonlama safimizda mavjudligini ta’minlash uchun ularning teng huquqliligini ta’minlash, qadr-qimmatini himoya qilish darkor ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi.

Tashkil etilgan tadbir davomida badiiy bayram dasturi namoyish etilib, talaba-yoshlarga sovg’alar ulashildi. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.