...

09 Dek

 “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Bugun institutimizda 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan «Korrupsiyasiz hayot» shiori ostida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Jizzax viloyat sudi sudyasi R.Berdiyorov, Jizzax viloyat sudi sudyasi I.Umarov, Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat bolimi boshlig’i M.Xolbekova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi f.f.d. X.Xidirov, institut profilaktika inspektori F.Normatov, Yoshlar bilan ishlash boyicha dekan muovinlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat bo’limi boshlig’i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. M.Xolbekova o’z so’zida bugungi kun tartibidagi masala bilan barcha ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.

Navbatda so’zga chiqqanlar tomonidan mavzu doirasida korrupsiyaviy holatlar va ularning kelajakka taʼsiri to‘g‘risida hamda ushbu holatlarga qonuniy jaʼzo turlari haqida keng maʼlumotlar berildi.

Ochiq muloqot davomida mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdi.