...

14 Fev

“Biz yoshlar Zahriddin Muhammad Bobur izdoshlarimiz” mavzusidagi tadbir

Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakultetida “Biz yoshlar Zahriddin Muhammad Bobur izdoshlarimiz” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. 

So‘nggi yillarda  o’zbek klassik adabiyotining ulkan namoyandasi, atoqli davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga beqiyos darajada hissa qo‘shgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topganiga 540 yil to‘ldi.

Har yili mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Joriy yildagi tadbirlar ham ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, do‘stlik ayyomi sifatida o‘tkazilyapti.

Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida bo‘lib o‘tdi. “Sanoat texnologiyalari” fakulteti tomonidan “Biz yoshlar Zahriddin Muhammad Bobur izdoshlarimiz” mavzusida tashkil etilgan tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Fakultet dekani I.Abbazov Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini o’rganishning zarurati haqida yig’ilganlarga qisqacha gapirdi.

Shuningdek, Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani o‘rinbosari, J.Shamshiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, yoshlarni yuksak ma’naviyatli, teran tafakkurli insonlar etib tarbiyalashda mutafakkir ijodining ahamiyati xususida so‘z yuritdi. Darhaqiqat, Zahriddin Muhammad Boburdan avlodlarga ulkan, bebaho, tuganmas adabiy meros qoldi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos jozibasi borligini namoyon etdi.Tadbir davomida talabalarning musiqiy chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga namoyish etildi. Shoir ijodi haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar tomonidan g‘azallar o‘qildi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, Zahriddin Muhammad Bobur ijodi bilan yana bir bor yaqindan tanishishlari uchun xizmat qildi, desak mubolag’a bo’lmaydi.