...

12 Noy

“Eng yaxshi talaba” Respublika tanlovining OTM bosqichi natijasi bilan tanishing:

O‘zbekiston Respulikasi oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi talaba” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 12-sentyabrdagi Oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan  talabalar o‘rtasida  o‘tkaziladigan “Eng yaxshi talaba” tanlovi to‘g‘risidagi 310- sonli buyrug‘i hamda institut rektorining 2022-yil 20-sentyabrdagi 219 AF sonli buyrug‘i asosida barcha fakultetlarda o’tkazildi.

Tanlov nizom asosida yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlovda fakultetlardan tavsiya etilgan talabalar tomonidan taqdimotlar amalga oshirildi. Ishchi guruh qaroriga ko‘ra, tanlovning institut bosqichi natijalariga ko’ra, asosan ishtirokchi talabalar quyidagi o‘rinlarni egallashdi:

Birinchi o‘rinni – Sanoat texnologiyalari fakulteti 313-21 ESBK va T guruh talabasi Botirov Xasan Baxtiyor o‘g‘li;

Ikkinchi o‘rinni – Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti 804-21 QMB va KICh guruh talabasi Abduraximov Sunnatillo Habibullozoda;

Uchinchi o‘rini – Transport fakulteti 110-22 TVM guruh talabasi Shoyikulov Asilbek Sobir o‘g‘li egalladi.

Shuningdek, g‘olib deb topilgan Sanoat texnologiyalari fakulteti 313-21 ESBK va T guruh talabasi Botirov Xasan Baxtiyor o‘g‘lining hujjatlar yig‘ma jildi “Eng yaxshi talaba” Respublika tanlovining yakuniy bosqichida ishtirok etishi uchun yuborildi.