...

09 Fev

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi

#Alisher_Navoiy #581_yilligi

2

Jizzax politexnika institutida 2022-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” mavzusida “Energetika va radioelektronika” hamda “Kimyoviy texnologiya” fakultetlari hamkorligida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Unda “Energetika va radioelektronika” fakulteti dekani U.Yarlakabov, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani N.Tangarikov, Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Uzoqov va fakultetlar professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan tadbirning badiiy qismi oldidan «Energetika va radioelektronika» fakulteti dekani U.Yarlakabov, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani N.Tangarikov, Yoshlar bilan ishlash va madaniyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Uzoqovlarga so‘z berildi.

Ma’ruzachilar ushbu qutlug‘ sana bilan tadbir ishtirokchilarini, mehmonlarni, ustoz-murabbiylar va talabalarni chin ko‘ngildan samimiy muborakbod etib, Navoiy bobomizning insoniyat ma’naviyati, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilayotgan ilmiy-ma’naviy meroslarini chuqur o‘rganishda sobidqadam bo‘lish lozimligini ta’kidladi. Shundan so‘ng, Hazrat Alisher Navoiy ijodiy merosi xususida keng fikr yuritdilar.

Tadbir doirasida Hazrat Navoiyning «Sab’ai sayyor», «Navoiy va Boyqaro» asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Talaba qizlar tomonidan tayyorlangan raqs hamda fakultetlar talabalarining g‘azalxonlik, musiqiy chiqishlari bilan davom etdi.

Tadbir davomida o‘zbek adabiy tilining asoschisi, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, bebaho asarlari haqida so‘z yuritildi. Talabalar shoir qalamiga mansub ruboiy, tuyuq va g‘azallarni, “Navoiy va Guli” monologini yoddan, ifodali o‘qib berdi. Ishtirokchilar Alisher Navoiyning «Xamsa» asaridan joy olgan dostonlar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Iqtidorli talabalarga tadbir so‘nggida Faxriy yorliqlar topshirildi.