...

14 Dek

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Jizzax viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari L.Ahmadjonov, Jizzax viloyati Davlat xavfsizlik xizmati bo’lim boshlig’i A.Ibrohimov, Jizzax viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi M.Xamidov, Jizzax viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimasi O‘.Sattorova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i M.Abdurahmonova, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b. M.Xolbekova, Energetika va radioelektronika fakulteti hamda Transport fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b. M.Xolbekova ochib berdi. M.Xolbekova o‘z so‘zida mavzu doirasida tadbir ishtirokchilariga atroflicha ma’lumot berdi.

Navbatda so’zga chiqqanlar tomonidan hayotiy misollar orqali ma’ruzalar qilindi.

Shundan so‘ng “Soxta da’volar” videoroligi namoyish etildi.

Tadbir davomida talabalarning savollariga soha mutaxasislari tomonidan batafsil javob berildi. Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.