...

10 Noy

Jizzax politexnika institutida "Karera kuni" o‘tkazildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan barcha OTMlarda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda «Karera kuni» mehnat yarmarkalari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun ana shunday tadbir Jizzax politexnika institutida ham o‘tkazildi. Sanoat texnologiyalari fakulteti faollar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda barcha ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxasisslaridan javob oldilar.