31 Avg
- 2023-08-31 01:20:08
Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
#fotogalereya #jarayon
Bugun Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“O‘rda” ekologik bog‘i amfiteatrida tashkil etilgan mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari institut rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdi.
Bayram tadbiri barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki va bayramona kayfiyat ulashdi.