...

06 Dek

“Zo‘ravonliksiz oila - farovon oila sari” mavzusidagi davra suhbati

Jizzax politexnika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida “Zo‘ravonliksiz oila – farovon oila sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Jizzax politexnika instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bibirajab Tursunova, Jizzax viloyati Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi psixologi Dilfuza Tuychiyeva, Xotin-qizlarni turk va arab liboslarini targ‘ib qilishi – Din ishlari qo‘mitasi Jizzax viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi Charos Mirzayeva, Jizzax shahar targ‘ibot guruhi rahbari Malohat Tojiboyeva, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani bosh imom – xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Komila Abdulahatova, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi mutaxassisi Fotima Mamasiddikova, psixolog Zebo Rahmatullayeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar tomonidan doirasida zarur ma’lumotlar berildi. Tadbir yuzasidan talaba-yoshlarda paydo boʻlgan savollarga javoblar berildi.