...

08 Okt

3 viloyat oliygohlarining tyutorlari uchun o’quv seminari bo’lib o’tmoqda

Bugun, 8-oktabr kuni Jizzax, Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tyutorlar Samarqand davlat chet tillar institutida jam bo’lishdi. Erta tongdan mehmonlar yuqori kayfiyat bilan kutib olindi.

Jarayon davomida tyutorlar uchun o’quv seminari bo’lib o’tmoqda. Seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad o’zaro tajriba almashish, talabalar bilan ishlash jarayonida uchrayotgan masalalarga to’g’ri yechim topish, tyutorlarning asosiy maqsad hamda vazifalari, talabalar murojaati bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari kabilarni yanada chuqurroq o’rganishdir.