...

28 Noy

Lider talabalar uchrashuvi

Buxoro davlat universitetida «Barqaror universitetlar innovatsiyasi, ta’siri va kelajak yo‘nalishlari» mavzusida nufuzli ikkinchi xalqaro lider talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingi raisi Prof. Riri Fitri Sari, Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi H.E. Prof. Dr. H. Sunaryo Kartadinata, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti prorektori Dr. Slawomir Wroblewski, shuningdek, Indoneziya, Ekvador, Saudiya Arabistoni, Pokiston hamda respublikamizning nufuzli universitetlardan tashrif buyurgan spikerlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda  Jizzax politexnika institutining Fizika kafedrasi assistenti Eshqulov Muhriddin hamda «Servis» fakulteti «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi 511-20 guruh talabasi Nosirov Abror faol ishtirok etdi.