...

19 Okt

Institutimiz prorektori Sanobar Eshbekovaning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sanobar Eshbekovaning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Jizzax politexnika instituti II binosi Madaniyat saroyida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekovaning talaba-yoshlar bilan “Talaba-yoshlar ma’naviyatini ribojlantirishda psixologik xizmatning o‘rni” mavzusidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Energetika va radioelektronika hamda Kimyoviy texnologiyalar fakultetlari talabalaridan 260 nafari, fakultetlar dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, institut psixologi ishtirok etdilar. Uchrashuvda  talaba-yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 2022-yilda olib borilgan ishlar, talaba-yoshlarning bu boradagi faolligi, psixologik xizmatning holati bo‘yicha birinchi prorektorning fikrlari tinglandi. S.Eshbekova o‘z so‘zida talaba-yoshlarni ruhlantiruvchi, kelajakda o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga yetishishlari uchun zarur sifatlar, psixolog tomonidan beriladigan ruhiy-ma’naviy ko‘mak xususida ta’kidlab o‘tdi. Talabalar bilan ochiqlik va o‘zaro hamfikrlik ruhida o‘tgan uchrashuvda talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha fikr almashindi.