...

22 Okt

G‘ayrat Egamnazarovning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Jizzax politexnika instituti katta yig‘ilishlar zalida institutning о‘quv ishlari bо‘yicha prorektori Egamnazarov G‘ayrat G‘aybullayevich bilan “Talabalarda о‘quv jarayoni bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Arxitektura va qurilish fakulteti dekani A.Berdiqulov, о‘quv ishlari bо‘yicha dekan о‘rinbosari M.Sultonov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Azimova, institut psixologi O.Rajabov, guruh tyutorlari hamda birinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi. Uchrashuvda talaba-yoshlar bilan о‘quv ishlari yo‘nalishda joriy yilda olib borilgan ishlar, talaba-yoshlarning bu boradagi faolligi, о‘quv jarayonidagi yangiliklar, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha prorektorning fikrlari tinglandi. Prorektor va fakultet dekani talabalarning ta’lim olish jarayonida e’tibor berishi kerak bо‘lgan jihatlar hususida alohida tо‘xtaldi. Uchrashuv davomida talabalar о‘zlarini qiziqtirgan, dars mashg‘ulotlarining olib borilishi, Hemis tizimi bо‘yicha, ijara tо‘lovlari va boshqa savollar bilan mas’ullarga murojaat etishdi va tо‘laqonli javoblar olishdi.