...

28 Noy

Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!

Jizzax politexnika institutida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Jizzax viloyati «Istiqlol avlod» ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari T.Umarov, markazning ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyat markazi psixologi D.To‘lqinova, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyat markazi ijtimoiy xodimlari A.Otamurodov va F.Mamasiddiqova, Jizzax shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori N.Risqulova, Jizzax shahar 1-sonli IIB HPG xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan N.Rasulova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Rashidova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultetlarning Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovinlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yildan yilga oshayotganligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xotin-qizlarimizning haq-huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, gender tenglik haqida maʼlumot berildi.

Shundan so‘ng, markazning ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyat markazi psixologi D.To‘lqinova talaba-qizlar va professor-o‘qituvchilar bilan psixologik o‘yinlar o‘tkazdi. Insonlarning bir-biriga e’tibori juda ham muhim ekanligi, insonlar bilan munosabatda mehr eng kerakli narsa ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.