...

21 Fev

Sanoat texnologiyalari fakultetida "Qizlar davrasida" ko‘rik-tanlovi b...

Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida 2023-yil 21-fevral kuni «Qizlar davrasida» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda fakultetning 8 nafar talaba-qizlari tanishtiruv, sport, bahor salatlari va erkin mavzularda do‘stona bellashdilar.

Ko’rik-tanlov yakuniga ko‘ra, 1-darajali diplomi bilan 333-21 OOT talabasi Muxammadieva Ma’mura hamda 312-22 YeSBKI va T guruhi talabasi Omonova Lobar, 2-darajali diplom bilan 332-22 OOT guruh talabasi Sarimsoqova Nilufar, 3-darajali diplom bilan esa 361-22 MM va TX guruhi talabasi Burxonova Ruxshona taqdirlandi.

Shuningdek, «Eng pazanda qiz talaba» naminatsiyasi bilan 313-22 YeSBKI va T guruh talabasi Ko‘liboyeva Xusnida, «Eng tashabbuskor talaba qiz» naminatsiyasi bilan 315-21 YeSBKI va T guruh talabasi Mahmudova Aziza, «Kitobxon talaba qiz» naminatsiyasi bilan 312-22 YeSBKI va T guruh talabasi Keldiyorova Barchinoy, «Ma’daniyat va san’at vakilasi» naminatsiyasi bilan 322-20 QXMS va DIT guruh talabasi Qosimjonova Yulduz taqdirlandi.

Ko’rik-tanlov davomida fakultetning iqdiroli talaba-qizlari Tojiboyeva Oyxumor, Raimqulova Sevinch va Zufurova Dilnozalar o‘z she’riy chiqishlari bilan, o‘zining quvnoq raqslari bilan Murodova Pokiza va Ne’matova Marjonalar davraga bahoriy shukuh bag’ishlashdilar.