...

19 Avg

“Yosh olimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda xorijiy ilmiy stajirovkalarning o‘rni va ahamiyati”

Innovatsion rivojlanish vazirligida kecha 18-avgust kuni “Yosh olimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda xorijiy ilmiy stajirovkalarning o‘rni va ahamiyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Ushbu davra suhbatida Jizzax politexnika institutidan Transport logistikasi kafedrasi assistent o‘qituvchilari: Nishonov Azizbek va Turatov Bekzodlar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida yosh olimlarni xorijiy davlatlarga ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Bundan tashqari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan tashkillashtirilgan ilmiy stajirovkalarda o‘z malakasini oshirib kelishga muvaffaq bo‘lgan yosh olimlar birlashmasi “Innofund” young scientists Alumni faoliyati haqida so‘z bordi va ushbu stajirovkalarda qatnashgan 7 nafar yosh olimlar ishtirokchilar bilan o‘z tajribalari va taassurotlarini bo‘lishdilar. Shuningdek, olimlar o‘z tadqiqotlari taqdimotini ham o‘tkazishdi.