Ikkinchi mutaxassislik

Jizzax politexnika institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz (https://my.edu.uz/) orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.