Факультеты

Qurilish muhandusligi fakulteti dekani

Кандидат экономических наук. Berdiqulov Azzam Mardonovich

Время приема: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: (88) 523-79-00

E-mail: azzamberdikulov@mail.ru

Fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari

Sultanov Mansur G'aniyevich

Время приема: har kuni soat 08-30 dan 16-00 gacha

Telefon: +99894 199-22-33

E-mail: msultonov626@gmail.com

Fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari

Saidov Jasurbek Zafar o'g'li

Время приема: har kuni soat 08-30 dan 16-00 gacha

Telefon: +99888 483-77-70

E-mail: jasursaidov881@gmail.com


  Qurilish muhandusligi fakulteti tarixi
Mustaqillikdan keyin, 1992-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, alohida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi. 1977-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax “Umumtexnika” fakulteti tashkil etildi. 1980-yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko‘rsatib, bunda asosan, “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish” mutaxassisliklari bo‘yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo‘jaligiga ko‘plab mutaxassislar yetkazib berdi. Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo‘llari institutning Jizzaxdagi “Umumtexnika”, Toshkent Kimyo texnologiya institutining Jizzax “Umumtexnika” fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 4 ta fakultet faoliyat ko‘rsata boshladi. Bular: “Qurilish muhandisligi”, “Muhandislik iqtisodiyoti”, “Avtomexanika”, “Kimyo texnologiya”, “Kechki-sirtqi” fakultetlari shular jumlasidandir. Hozirgi “Arxitektura va qurilish” fakulteti 2014-yil 12-iyundagi “Vazirlar Mahkamasining Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida 2012-yil 29- iyundagi 187-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 157-son qarori, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 14-iyundagi 229-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida, “Binolar va muhandislik inshootlari injineringi” nomi bilan “Avtotransport” hamda institutning “Sanoat texnologiyasi va qurilish” fakulteti bazasida “Sanoat texnologiyasi” fakultetlari tashkil etildi. Jizzax viloyatining ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, Jizzax erkin industrial zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, respublika hududlarida arxitektura va qurilish sohasi xodimlari kasb darajasi va malakasini zamonaviy talablarga muvofiq muntazam oshirib borish tizimini joriy etish, shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 5-sentyabrdagi 699-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017-yil 17- sentyabrdagi 650-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “Arxitektura va qurilish”, “Sanoat texnologiyalari”, “Avtotransport”, “Elektromexanika va radioelektronika”, “Servis” fakultetlari tashkil topdi. 2024-yilda Jizzax Politexnika institutida struturaviy o’zgarishlar amalga oshirildi. Shunga asosan Arxitektura va qurilish fakulteti Qurilish muhandisligi fakulteti deb nomlandi. Hozirda “Qurilish muhandisligi” fakultetini dekani Berdiqulov Azzam Mardonovich boshqarib kelmoqda. Sultanov Mansur G‘aniyevich “Qurilish muhandisligi” fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari. Saidov Jasurbek Zafar o‘g‘li “Qurilish muhandisligi” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
  В настоящее время в состав строительного факультета входят следующие кафедры:
1. Гражданское строительство
2. Инженерные коммуникации
3. Qurilish materiallari va konstruksiyalari
4. Yo'l muhandisligi

  Факультет готовит бакалавров по 4 направлениям подготовки.
60730300 - Гражданское строительство
60730500 - Yo'l muhandisligi
60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi
60730500 - Проектирование и эксплуатация систем водоснабжения и канализации
Bugungi kunda fakultetimiz jamoasi “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida talabalarga bilim berib, ularni jahon andozalariga javob beradigan qilib tayyorlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Hozirgi kunda fakultetda kunduzgi 784 nafar, sirtqi 1170 nafar talaba bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olib kelmoqda.