Kibersport fakulteti dеkani
p.f.d. prof. v.b. Hamidov Jalil Abdurasulovich
Qabul vaqti: haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha
Telefon: +99898 561-85-61
Kibersport fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini
Xushvaqtov Dilshod Abduvaliyevich
Qabul vaqti: haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha
Telefon: +99897- 613-06-06
Kibersport fakulteti tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus ta’lim vazirligining 2017
yil 9-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017
yil 5- sentyabrdagi 699-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” gi
650-son buyrug‘iga asosan yangi “SERVIS” fakulteti tashkil topdi.
Servis fakultetiga qarashli kafedralar
Logistika va servis kafedrasi–kafedra mudiri t.f.f.d., Djiyanboyev
Sirojiddin Valiyevich Transport logistikasi kafedrasi haqida ma’lumot
Jizzax politexnika institutning “Servis” fakulteti tarkibidagi
«Transport logistikasi» kafedrasi 2017-yilda “Tashishlarni tashkil etish
va transport logistikasi” nomi bilan tashkil qilindi. Ushbu davrda katt.
o’q. F.Isroilov raxbarlik qilgan. Kafedra “Avtotransport korxonalarida
texnik ekspluatatsiya jarayonida avtomobillar faoliyati samaradorligi
hamda xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish”,
«Avtomobil transport vositalaridan ajralib chiqadigan chiqindi
gazlarning atrof muxitga tarqalish qonuniyatini va ularning atmosfera
havo balansiga ta’sirini asoslash», «Innovatsion ta’lim texnologiyalari
asosida bo’lajak bakalavrlarni kasbiy tayyorlashning ilmiy nazariy
asoslari» yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.
Shuningdek, t.f.f.d S.V.Djiyanbaev mahalliy neft xomashyolaridan
chiquvchi chiqindilarga qayta ishlov berib avtomobil va temiryo’l
transportida uzatmalar qutisida foydalanish uchun surkov moylarini olish
bo‘yicha ilmiy ishlarni amalga ochirib, qator patent va ilmiy yutuqlarga
erishgan. Hozirgi kunda kafedrada katt.o’q. S.Qosimov “Elektron ta’lim
trenajorlarini loyihalash va ulardan foydalanish metodikasi”, katt.o’q.
Qarshiboyev Sh.E. “Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning
maxsus kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi (Yo‘lovchilarni
tashishning zamonaviy texnologiyalari fani misolida), Axmedov Z.S.
“Hududiy transport logistikasi sohasini boshqarishning innovatsion
mexanizmlarini takomillashtirish” mavzularida ilmiy izlanishlar olib
bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kafedra xalqaro va mahalliy
loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega bo‘lib, jumladan,
2017-2021-yillarda xalqaro “INTRAS” loyihasini amalga oshirdi va
kafedrada “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha
yangi magistratura yo‘nalishi ochildi. 2021-yilda Rossiyaning “SIMETRA”
kompaniyasi bilan hamkorlikda “Samarqand shahar transport
aglomeratsiyasi uchun yo‘lovchilar oqimini o‘rganish” loyihasini amalga
oshirdi. Kafedrada 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib
kelmoqda. Kafedra mudiri t.f.f.d. S.V.Djiyanbaev, dots. M.
Raxmatullayev, katt.o‘qt. F.Isroilov, katt.o‘qt. S.Qosimov, katt.o‘qt.
M.Eshonqulov, katt.o‘qt. Sh.Qarshiboyev, katt.o‘qt. X.Tog‘ayev,
katt.o‘qt. Sh.Xoshimova, ass.Z.Axmedov, ass.B.Yo‘ldoshyev,
ass.A.Nishonov, ass. B.Turatov, ass. I.Safarov, ass. D.Kuchimova kabi
qator malakali fan o’ituvchilar faoliyat yuritmoqda. S.Djiyanbaev ilmiy
faoliyati davomida 1 ta darslik, 4 ta o‘quv qo’llanma, darslik va
broshyuralar, 30 dan ortiq ilmiy maqola, Gеrmaniya, Angliya, Ozarbayjon,
Slovakiya, Avstriya kabi Yevropaning ko’plab rivojlangan davlatlarida
malaka oshirib kelgan. BAKALAVRIAT 5620100 Transport logistikasi (TL)
5610100 Xizmatlar sohasi (AT) 5320200 Mashinasozlik texnologiyasi,
mashina ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish (MT,MIChJ va
A) MAGISTRATURA 5А310609 – Intellektual transoport transport tizimlari
(avtomobil transporti)