Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi

Xalqaro Faoliyat

Xorijiy malaka oshirish va ta’lim

          2022-yil 4-9-iyul kunlari Rossiya Federatsiyaning Moskva shahrida joylashgan “Moskva avtomobil yo‘llari insituti (MADI)” da “Mejdunarodnaya letnyaya shkola «Дорога #1»” nomli xalqaro yozgi maktab dasturi amalga oshirildi. Dasrturda JizPIdan Transport vositalari muhandisligi kafedrasi assistenti Raxmatov Utkirjon, Transport logistikasi kafedrasi assistenti Nishonov Azizbek va Yo‘l muhandisligi kafedrasi assistenti Muradov Zuhriddin faol ishtirok etishdi.


Institutimizning professor o‘qituvchilari A.Berdiyorov, J.Abdunazarov, Y.Ortiqov hamda O.Arzikulovlar Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturining TRIGGER loyihasi doirasida Avstriya davlatining poytaxti Vena shahrida joylashgan Biznes moliya institutida (BFI) «Samarali tadbirkorlik ta’lim dasturlarini tayyorlash uchun universitet vakillarini o’qitish» mavzusi bo’yicha 2022-yilning 19-sentabrdan 30-sentabrga qadar loyiha dasturi doirasida bo’lib o’tayotgan seminar treningda ishtirok etmoqdalar.

 

Jizzax politexnika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori T.Berdiyorov hamda “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Tursunqulovlar Qozog‘iston Respublikasining Pavlodar viloyatidagi Toraygirov Universitetida tashkil etilgan “ERASMUS+” dasturining “TRIGGER” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha muvofiqlashtirish yig‘ilishida qatnashdilar.

 

Jizzax politexnika instituti Elektr texnologiyasi kafedrasi katta о‘qituvchisi Mirzayev Uchqun Nazarqosimovich Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vayoming universitetida malaka oshirish va tajriba almashish uchun FEP dasturi boʼyicha grantni qoʼlga kiritdi. Grant toʼliq Amerika qoʼshma shtatlari tomonidan qoplab beriladi

 

O’qituvchilarimiz Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo’yicha o’tkazilgan saralash tanlovlarida g’olib bo’lib, 2023-yilda Yevropaning nufuzli Universitetlaridan biri hisoblangan «Zilina Unversity»da 1 oylik ilmiy stajirovka o’tab kelish imkoniyatini qo’lga kiritishdi.

 

Joriy yilning 28-29 oktabr kunlari Jizzax politexnika institutida “Ishlab chiqarishning texnik, muhandislik va texnologik muammolarining innovatsion yechimlari” nomli xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi.

 

2022- yil 4-19-noyabr kunlarida Italiya davlatining Venetsiya shahrida joylashgan Politecnico Calzaturiero ilmiy markazida Egamberdiev Fazliddin, G‘ofurov Jahongir, Muhametshina Elmira, Davrug‘ Inog‘amdjanov, Muhammadrasul Umarov, Hilola Mahammadieva va talaba Umarov Muhammadrasullar dastur doirasida ishtirok etishdi.

 

2022- yil 4-19-noyabr kunlarida Italiya davlatining Venetsiya shahrida joylashgan Politecnico Calzaturiero ilmiy markazida Egamberdiev Fazliddin, G‘ofurov Jahongir, Muhametshina Elmira, Davrug‘ Inog‘amdjanov, Muhammadrasul Umarov, Hilola Mahammadieva va talaba Umarov Muhammadrasullar dastur doirasida ishtirok etishdi.

 

2022- yil 21-noyabrdan 2-dekabrga qadar REILEAP – O‘zbekiston-Qozog‘istondagi charm va charm mahsulotlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarining salohiyatini oshirish loyihasi bo‘yicha Ruminiyaning Georghe Asachi Iasi Texnika Universitetida bo‘lib o‘tgan trening dasturida dotsent G‘ofurov Jahongir ishtirok etdi

 

2022 yil 28 noyabr kuni A.Usmankulov Fransiya davlatining Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Fransiya forumida qatnashish uchun jo‘nab ketdi. Forum doirasida bir qator fransuz ta’lim muassasalari bilan toʻgʻridan toʻgʻri ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, fransuz mutaxassislarini Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli maʼruza oʻqish, seminarlarni tashkil etish, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, malaka oshirish, ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi.