Transport muhandisligi fakulteti dеkani
Mirzabekov Mirkomil Saydaxmatovich
Qabul vaqti: Dushanba - Juma soat 10:00 dan 1600 gacha
Tel: +998953304888
Yo'nalishlar mavjud emas.
Transport muhandisligi fakulteti tarixi
Mustaqillikdan keyin, 1992 yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, aloxida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi. 1977 yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax «Umumtexnika» fakulteti tashkil etildi. 1980 yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko‘rsatib, bunda asosan «Sanoat va fuqaro qurilishi», «Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish» mutaxassisliklari bo‘yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo‘jaligiga ko‘plab mutaxassislar etkazib berdi.
Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo‘llari institutning Jizzaxdagi «Umumtexnika», Toshkent Kimyo texnologiya institutining Jizzax «Umumtexnika» fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 5 ta fakultet faoliyat ko‘rsata boshladi. Bular: «Qurilish muxandisligi», «Muxandislik iqtisodiyoti», «Avtomexanika», «Kimyoviy texnologiya», «Kechki-sirtqi» fakultetlari shular jumlasidandir.
«Avtoransport» fakultеti 2014 yil 12 iyundagi «Vazirlar Maxkamasining Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida 2012 yil 29 iyundagi 187-son qaroriga o`zgartirish kiritish haqida» 157-son qarori, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2014 yil 14 iyundagi 229-sonli buyrug’ini ta`minlash maqsadida, «Avtotransport» hamda institutning «Sanoat texnologiyasi va qurilish» fakulteti bazasida «Sanoat texnologiyasi» va «Binolar va muhandislik inshoatlari injiniringi» fakultetlari tashkil etildi.
Jizzax politexnika institutining 2020 yil 1 iyulda tuzilgan yangi strukturasiga asosan «Avtotransport» fakulteti «Transport» fakultetiga o’zgartirildi. 2024 yil 18 avgustda tuzilgan yangi strukturasiga asosan fakultet nomi «Transport muhandisligi» fakultetiga o‘zgartirildi.
Fakultetga raxbarlik qilgan dekanlar:
1992-yildan 1996-yilgacha dots. Raxmatullayev Mustafaqul Hamraqulovich
1996-yildan 2002-yilgacha dots. Islomov Ropijon Raxmonqulovich
2002-yildan 2005-yilgacha dots. Egamberdiyev Xolmurod Xaydarovich
2005-yildan 2009-yilgacha dots. Raxmatullayev Mustafaqul Hamraqulovich
2009-yildan 2010-yilgacha dots. Jurayev Kenja Yuldashevich
2010-yildan 2012-yilgacha dots. Egamnazarov G‘ayrat G‘aybullayevich
2012-yildan 2013-yilgacha dots. Eshonqulov Tirkash
2013-yildan 2016-yilgacha prof. Berdiyev Obloqul Boboqulovich
2016-yildan 2022-yilgacha prof. Saydaxmetova Nodira Ilxamovna
2022-yildan 2025-yilgacha dots. Jiyanbayev Sirojiddin Valiyevich
2025-yildan h. vaqtgacha v.b. prof. Mirzabekov Mirkomil Saydaxmatovich
Hozirgi kunda fakultet tasarrufidagi kafedralar
1. “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi.
2. “Transport logistikasi” kafedrasi.
3. “Kimyo muhandisligi” kafedrasi.
4. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi.
5. “Umumtexnika fanlari” kafedrasi.
1. “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi, kafedra mudiri. t.f.f.d dots. Suvonqulov Sherali Abdumannonovich.
2. “Transport logistikasi” kafedrasi, kafedra mudiri t.f.f.d. dots. Mamayev G‘ulom Ibrohimovich.
3. “Kimyo muhandisligi” kafedrasi, kafedra mudiri k.f.f.d. dots. Haqberdiyev Shuhrat Mahramovish.
4. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, kafedra mudiri f.f.f.d. dots. Turatov Shuxrat Baxromovich.
5. “Umumtexnika fanlari” kafedrasi kafedra mudiri p.f.f.d. dots. Narbekov Nodir Narmatovich.
Fakultetdagi mavjud Magistratura mutaxassisliklari
1. 70711401- Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)
2. 70711402- Avtomobillar va avtomobil xo'jaligi
3. 70711407-Intelektual transport tizimlari
4. 70712301-Mashnasozlik texnologiyasi
5. 71010402-Transport logistikasi (avtomobil transporti)
Fakultetda 9 ta ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
1. 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)
2. 60712300 - Mexanika muhandisligi (mashinasozlik texnologiyasi)
3. 60710100 - Kimyo muhandisligi (elektrokimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi)
4. 61010400 - Logistika (avtomobil transporti)
5. 61040200 - Yo'l harakatini tashkil etish (avtomobil transporti bo'yicha)
6. 60711200 - Metallurgiya muhandisligi
7. 60112400 - Professional ta'lim(transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)
8. 60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish
9. 60721100 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi