Institut tarixi

Institut tarixi

 

Jizzax Politexnika instituti haqiqiy ma’nodagi istiqlol farzandidir. Jizzax politexnika instituti 1992 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 11 mart 1992 yildagi 125-raqamli qarori bilan Toshkent arxitektura va qurilish instituti Jizzax filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Jizzax filiali hamda Toshkent avtomobil yo‘llari  institutining Jizzax filiallari negizida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbe- kiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

1977 yilda Jizzax shahrida Toshkent politexnika institutining Jizzax “Umumtexnika” fakulteti ochilgan bo‘lib, fakultet uchun 1818 o‘rinli maktab binosi, 100 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar uyi, o‘qituvchilar uchun 16 xonali uy va 3 ta kottedj ajratildi. Fakultet dekani etib dotsent N.YU.Tashlanov tayinlangan. Fakultet “Umumta’lim fanlari” va “Umumtexnika fanlari” kafedralari bazasida 21 o‘qituvchi, shulardan 4 nafari fan nomzodi bilan ish boshlagan. YAngi tashkil etilgan “Umumtexnika fakultetiga viloyat rahbariyati tomonidan Jizzax qurilish tresti homiy etib belgilangan.

1977-78 o‘quv yili uchun kunduzgi bo‘limga 100 nafar, kechki bo‘limga 75 nafar, sirtqi bo‘limga 25 nafar talaba, tayyorlov bo‘limga esa 100 nafar tinglovchi qabul qilingan.

Institut shu yillar davomida respublikamiz xalq xo‘jaligining sanoat, transport, qurilish, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, elektroenergetika va kimyo texnologiyasi kabi  ko‘plab etakchi tarmoqlariga bakalavr va magistr darajalariga ega bo‘lgan malakali mutaxassis kadrlar etkazib berdi.

Fakultet va filialga dastlabki yillarda dotsent N.YU. Tashlanov (1977-1983), professor F.H. Qurbonov(1983-1986y), texnika fanlari nomzodi S.I. Ikromov (1986-1988y), dotsent U.YU. YUldashev(1988-1990), dotsent A.YU. Salimov(1991)lar rahbarlik qilishgan. Filial mustaqil institutga aylantirilgan dastlabki vaqtda institut rektori vazifasini bajaruvchi etib texnika fanlari nomzodi, dotsent M.T.Turopov tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 25-dekabrdagi qaroriga asosan akademik N.R. Rashidov Jizzax politexnika institutining rektori etib tayinlandi. Texnika fanlari doktori, professor, respublika qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mexanizator, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofotining laureati Nosir Rashidovich Rashidov rahbarlik qilgan davrda institutning o‘quv-ilmiy, moddiy-texnik bazasi zamonaviy texnik vositalar bilan yanada boyitildi.Bu davrda institutda yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanishi yo‘lga qo‘yilganligi munosabati bilan  yangi yo‘nalishdagi kafedralar va fakultetlar tashkil etildi.

2002-yil aprel oyidan 2003-yil iyuligacha dotsent B.I. Matniyazov institut rektori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishladi.

2003 yil iyulidan Jizzax politexnika institutiga texnika fanlari doktori, professor Ibrohim Solihovich Sodiqov rektor etib tayinlandi.
Bu  davrda  innovatsion dasturlar va investitsion loyihalar asosida  ta’lim  va o‘qitish sifati oshirildi. Institutda  ma’naviy va ma’rifiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llash, ilmiy-tadqiqot  va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash ishlari, moddiy-texnik baza va moliyaviy ahvolni yaxshilash, viloyatdagi mavjud akademik litsey va kasb-xunar kollejlariga uslubiy yordamlar, ularning professor-o‘qituvchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha  ma’lum bir  ishlar amalga oshirildi.

Respublika Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 iyundagi “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan oliygohning porloq kelajagi belgilab berildi. 2012 yildan 2016 yilga qadar institutga Ergash Alibekovich Saliev rahbarlik qildi. Ushbu yillarda institutda  barcha jabhalarda juda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan,  fan, ta’lim, texnika va texnologiyalarning jadallik bilan taraqqiy etishi uchun keng yo‘l ochib berildi. Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 29 iyundagi 187-sonli qarori qabul qilinganligi institut tarixida unutilmas sahifa bo‘lib qoldi va juda katta ijobiy o‘zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. . Institutda professor-o‘qituvchilar va talabalar  uchun barcha sharoitlar yaratildi. Jumladan,  o‘quv auditoriyalari  ma’ruza xonalari o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari (videoproektor) bilan jixozlandi, bu esa professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar bo‘yicha elektro o‘quv-uslubiy majmualardan samarali foydalanish va dars sifatining oshishida ijobiy natijalarga erishishida  muhim rol o‘ynadi, 43 ta auditoriya laboratoriya xonalari eng so‘nggi laboratoriya jihozlari bilan jihozlandi, jumladan: “Elektroenergetika” kafedrasiga “O‘zEnergo” DAK tomonidan 50 mln. so‘mlik zamonaviy laboratoriya jihozlari, “Transport vositalarini ishlatish” kafedrasiga “O‘zavtosanoat” DAK tomonidan 58 mln. so‘mlik yangi laboratoriya jihozlari va “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi tomonidan 34 mln. so‘mlik mablag‘ ajratilganligi xisobiga yangi laboratoriya xonasi shakllantirildi.

Elektroenergetika kafedrasi qoshida Uzbek energo DAK kompaniyasi hamkorligida 50 mln. so‘mlik ASKUE (elektr energiyasi tijorat hisobining avtomatliashtirilgan tizimi) qurilmasi,  shamol va kuyosh FES (18 mln sum) olib kelib o‘rnatildi. Laboratoriya xonasi yangidan 9 ta kompyuter va stol- stullar bilan jixozlandi.

“Elektroenergetika” kafedrasi  300 vt quvvatga ega Quyosh fotoelektr stansiyasi,  2500 Vt  quvvatli shamol elektr  generatori, 2 ta «Suv–10» markali geliosuvisitgich qurilmasi, 300 Vt quvvatga ega mikro GES qurilmasi, ikki xil variantdagi gidrotaran (xech kanday energiya sarflamasdan, suvning mexanik energiyasi hisobiga uni 15-20 metr balandlikkacha ko‘tarilishi) qurilmalari bilan ta’minlandi.SHuningdek, laboratoriyada ASKUE (elektr energiyasi tijorat hisobining avtomatliashtirilgan tizimi) bo‘yicha 4 ta viloyatlarning (Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro) xududiy elektr tarmoqlari korxonalarining injener xodimlarini  qayta tayyorlash – malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Avtotransport fakuleti “Transport vositalarini ishlatish” kafedrasiga qarashli bo‘lgan 107-laboratoriya xonasi O‘zAvtosanoat konserni tomonidan Andijon viloyatining Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan 37 mil. so‘mm miqdoridagi “Neksiya”,”Spark”, “Matiz”,”Kobolt” avtomobillarining ehtiyot  qismlari va  dvigatel yurish   qismlari bilan jixozlandi. Ushbu auditoriyada kafedrada “Er usti transport tizimlari va ulardan foydalinish” va “Tashishni tashkil etish va transport lagistikasi” mutaxassislik yo‘nalishlari fanlarning  laborotoriya mashg‘ulotlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Vaxkamasining 2012 yil 29 iyundagi “Jizzax politexnika institutini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 187 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  hamda Jizzax viloyati xalq xo‘jaligi tarmoqlarini ushbu yo‘nalish mutaxassisliklariga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olib,  2013 yildan “Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni qabul ko‘rsatkichlar deyarli uch barobarga oshdi.

2013 yilda jami 60 nafar, shu jumladan 20 nafar grant asosida, 40 nafar kontrakt asosida talabalar qabul qilindi. Ushbu qabul ko‘rsatkichlari 2014 yilda ham saqlanib qolindi.

Ushbu ta’lim  yo‘nalishi bo‘yicha malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash  maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 12  iyundagi 157 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2014 yil  27 iyulda “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi tashkil etildi. Yo‘nalish talabalariga o‘tiladigan mutaxassislik fanlaridan laboratoriya mashg‘ulotlarni sifatli o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi homiyligida 34 mln. so‘mlik zamonaviy uskuna va qurilmalar keltirildi. Ushbu uskuna qurilmalar yordamida mutaxassislik fanlar bo‘yicha 5 ta laboratoriya ishlari yo‘lga qo‘yildi va keltirilgan uskunalardan mashg‘ulotlarda ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanilmoqda. Jumladan 5 ta “Fizikaviy-kimyoviy o‘lchashlar”, “Elektr o‘lchashlarga doir”, “O‘lchash asboblarini qiyoslash va kalibrlash, “CHiziqli burchakli-akustik o‘lchashlar” va “Issiqlik texnikasiga oid o‘lchashlar”fanlaridan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari.

SHvetsiya Qirollik universiteti bilan hamkorlikda  Xalqaro Tempus dasturi bo‘yicha loyihalangan bo‘lib, Gruziya, Ukraina va O‘zbekistonda “Texnologik muammolarni hal qilish uchun oliy muxandislik ta’limini modernezatsiya qilish” uchun 1 mil.200 evro ajratilgan bo‘lib, shundan 100 ming evrosi Jizzax politexnika institutiga tegishli.

Angliyaning Bermingin universiteti bilan “Avtomobil yo‘llari va avtomagistrallar hamda avtomagistral yo‘nalishlari” bo‘yicha o‘quv rejalarini rivojlantirish uchun 680 ming evro  ajratildi.

Ushbu laboratoriya xonasida  asosan zamonaviy avtomobil qismlarini loyihalash bo‘yicha laboratoriya ishlari olib boriladi, shuningdek talabalarimiz kurs ishlalarini va kurs loyxalarini kompyuter texnologiyasi yordamida bajarishlari amalga oshirildi.

Bu  davr ichida sport inshootlarini qurish va ta’mirlash soxasida misli ko‘rilmagan o‘sish bo‘ldi. Institutimizda 2012–2014 yillarda    jahon andozalariga mos keladigan kiyinish, yuvinish xonalar va sport inshootlari bunyod etildi. Sun’iy qoplamali maydonlar, sport zal, trinajyor, kurash zali va boshqa sport inshootlarini yaqin o‘tmishda faqat orzu qilish mumkin edi xolos. Institutimiz faqat iste’dodli sportchi o‘g‘il qizlarni bilangina emas balki yirik turnirlarni musobaqalarni o‘tkaziladigan institut sifatida ham tanildi. Professor – o‘qituvchi, xodim va talabalarga jismoniy tarbiya va ularning sog‘liqlarini mustahkamlash tadbirlari mustaqil ravishda shug‘ullanishi, ommaviy sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sportning har xil turlari bilan sport to‘garaklarida shug‘ullanish sifatida olib borildi.  Respublika Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroridan keyin institutda jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga e’tibori keskin kuchaytirildi

Vazirlar Maxkamasining 187-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar turar joyida “Odina Skarlet tekstil” xususiy korxonasi tashkil etildi va xamkorlik shartnomasi tuzildi. Ipoteka bankdan 126000 Evr. 5 yil muddatga 14 foiz ustamasi bilan kredit mablag‘lari xisobiga tikuv mashinalarni  sotib olindi va erkaklar va ayollar jemperlari ishlab chiqarildi.

Ushbu yillar institutda   ilmiy-pedagogik jamoasi tomonidan  bir qancha ilmiy-texnik dasturlar va xalqaro loyihalar bilan bog‘liq ilmiy ishlar amalga oshirildi. Ular sirasiga Evropa Ittifoqining xalqaro Tempus dasturi doirasida (umumiy qiymati 837996,69 evro bo‘lgan) 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan 544061-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR “Avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi bo‘yicha o‘quv dasturlarni takomillashtirish” HIGHVEC mavzusidagi xalqaro loyihasi, Germaniyaning Gamburg texnika universiteti bilan xamkorlikdagi “O‘zbekistonning aholi yashaydigan hududlarida iqlim o‘zgarishiga moslashuv” mavzusidagi (umumiy miqdori 99 900 evrolik) xalqaro loyihasi, Respublika byudjet hisobidan moliyalashtirilayotgan, “Noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilish algoritmlari va dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi (64 mln. so‘mlik) amaliy-tadqiqot loyihasi, “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xizmat ko‘rsatish sifati va tarkibini takomillashtirishning nazariy asoslari” (47,5 mln. so‘mlik) va “Talabalarda assertiv hulqni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” (42,5 mln. so‘mlik) fundamental-tadqiqot loyihalarini hamda ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari, ishlanmalari va loyihalarini keltirib o‘tish mumkin.

Germaniyaning Gamburg texnika universiteti bilan xamkorlikda bajarilayotgan “O‘zbekistonning aholi yashaydigan hududlarida iqlim o‘zgarishiga moslashuv” mavzusidagi (umumiy miqdori 99900 evrolik) xalqaro grant doirasida quvvati 10 kVt kuyosh panellarini olib kelib o‘rnatildi va ilmiy tadqiqot ishlari bugungi kunga qadar davom ettirilmoqda.

2016 yilning  29-sentyabridan boshlab institutga  texnika fanlari doktori Alisher Kadirkulovich Usmankulov rahbarlik qilib kelmoqda. Bu yillar davomida institutda ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy–tadqiqot ishlari, obodonlashtirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PK-2458-sonli  qaroriga ko‘ra joriy yilda 700 o‘rinli o‘kuv binosi kurilishi va yotoqxona binosini rekonstruksiya qilish ob’ekti bo‘yicha 6.2 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil                          5 sentyabrdagi “Jizzax politexnika institutining arxitektura va qurilish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi                     699-sonli qarori qabul qilindi. Qaror ijrosi yuzasidan institut strukturasi qayta ko‘rib chiqilib, fakultetlar soni 5 ta, kafedralar soni 22 ta bo‘ldi hamda “Arxitektura va qurilish” fakulteti tarkibida Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5- sentyabrdagi 699- sonli qaroriga binoan Jizzax politexnika institutiningtuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi. Fakultetlar soni 5 taga etkazildi, jumladan, Arxitektura va qurilish, Sanoat texnologiyalari, Avtotransport, Elektromexanika va radioelektronika, Servis fakultetlari.Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi.