Bugun, 1-aprel kuni Jizzax politexnika institutining bir qator professor-o'qituvchilari, jumladan, "Servis" fakulteti dekani oʼrinbosari D. Xushvaqtov, "Oliy matematika" kafedrasi o'qituvchisi M. Usanov va "Xorijiy tillar" kafedrasi o'qituvchisi O. Abdullayevalar Forish tumani XTB ga qarashli 5-sonli maktabga borib master klass darslarini o'tdilar hamda institut rektori tomonidan joriy qilingan Rektor stipendiyasini o'z egalariga topshirishdi. Shuningdek, "Servis" fakulteti 1-bosqich talabasi E. Farhodjonova (suzish bo'yicha Osiyo chempioni, sport ustasi) ham maktab o'quvchilarini sportga jalb qilish hamda sportning yoshlarga beradigan imkoniyatlari to'g'risida suhbat o'tkazdi.