Bugun, 1-aprel kuni Jizzax politexnika institutida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo'yicha ishlab chiqilgan "Yoʼl xaritasi" doirasida "Sport - salomatlik garovi" shiori ostida sportning fudbol turi boʻyicha "Kimyoviy texnologiya" fakulteti "Oliy matematika" kafedrasiga qarashli talabalar o'rtasida Dekan kubogining yakuniy final bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqada fakultetning 1-kurs talabalari ishtirok etib, 702-20 KT guruhi 1-oʼrinni, 722-20 N va NGQIT guruhi 2-o'rinni, va 701-20 KT guruhi talabalari esa 3-o'rinni egallashdi. Musabaqa g'oliblariga Kubok va estalik sovg'alari topshirildi.