Respublikamiz miqyosida 1-10 aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” boʼlib oʼtmoqda. Shu munosabat bilan Jizzax politexnika institutida institutning Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda turli tadbirlar uyushtirilmoqda va Kitobxonlik haftaligini a'lo darajada o'tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqida haftalik davomida batafsil ma'lumot berib boramiz.