Jizzax politexnika instituti "Arxitektura va qurilish" fakulteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Ubaydullayev, assistentlar A. Boymatov, N. Raxmonov va U. Isfandiyarovalar 2021-yil 1-aprel kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Temirqadam MFY Temirqadam qishlog‘ida joylashgan 16-maktabda kafedra qoshidagi “QURUVCHI” to‘garagining rejasi asosida “Bino va inshootlar qurilishini jamiyatimiz va davlatimiz rivojidagi ijtimoiy va siyosiy ahamiyati” mavzusida bitiruvchi sinflarga master-klass mashg‘ulotlarini oʼtib, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.