Jizzax shahri markazidagi “Oʻrda” ekologik istirohat bogʻida Adliya sayili boʻlib oʻtdi. Dastlab ushbu tadbir Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh. Saidov tomonidan kirish soʻzi bilan ochib berildi va davlatimiz madhiyasi yangradi. Sayilda huquqiy maslahatlar berilish bilan birga “Kitoblar” va “Hunarmandlar” koʻrgazmalari tashkil etildi. Shuningdek iqtidorli yoshlar ushbu sayilga jamlandi. Ular rasmlar tanlovi orqali oʻz iqtidorini namoyon qilishdi. Shovvoz bolalar “varraklar” loyihasida uchirilgan varraklar sayliga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Sayilda viloyatdagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan koʻrgazmalari tashkil etildi hamda fuqarolarni qiziqtirgan masalalari boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi. Tadbirda institutimizning koʼplab talaba yoshlari, jumladan, "Energetika va radioelektronika" fakulteti talabalari ham faol ishtirok etishdi.