Bugun, 3-aprel kuni Jizzax shahrida korxona, tashkilot va muassasalarda xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida ommaviy sport turlari bo‘yicha “Ayollar spartakiadasi” musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu “Ayollar spartakiadasi” musobaqalarining yugurish sport turi boʻyicha Jizzax politexnika institutining 100 dan ortiq talaba-qizlari va professor oʻqituvchilar ishtirok etdi. Ular orasidan "Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi oʻqituvchisi Islomova Nargiza faxrli ikkinchi oʻrin sohibasi boʼldi.