Xabaringiz bor, respublikamiz boʼylab Kitobxonlik haftaligi boʼlib oʼtmoqda. Bizning viloyatning ham barcha hududlarida 6-10 aprel kunlari "Kitobxonlik haftaligi" oʼtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan bugun, 6-aprel kuni "Kitobxonlik haftaligi"ning ochilish marosimi Jizzax shahrida joylashgan Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida boʼlib oʼtdi. Tadbirda Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti hamda OʼzMU Jizzax filialining rahbariyati va talabalari, tuman hokimligi vakillari, viloyat maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimari rahbarlari va boshqa mehmonlar ham ishtirok etdi. Shuningdek, institutning Axborot-resurs markazi ushbu tadbirda o'z kitob ko'rgazmasi bilan ishtirok etdi. Tadbirdan lavhalar: