"To‘qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash" kafedrasida “Zukko kitobxon“ tanlovining kafedra bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda  311-20 guruhidan "Bilimdonlar", 312-20 guruhidan "To‘qimachilar", 314-20 guruhidan "Trikotaj", 311-19 guruhidan "Yosh texnologlar", 312-19 guruhidan "Yosh to‘qimachilar", 311-18 guruhidan "Yuguruvchilar", 312-18 guruhidan “Yosh kitobxonlar”, 314-19 guruhidan “Adolat” jamoalari ishtirok etdi. Tadbirda qatnashgan har bir jamoa berilgan 20 ta savoldan: “Yosh texnologlar” jamoasi 18 ta , “Bilimdonlar” jamoasi 14 ta va “Yigiruvchi” jamoasi 12 ta savolga chaqqonlik va zukkolik bilan javob berdilar. Ishtirokchi jamoalardan “Yosh texnologlar”, “Yigiruvchi”, ”Bilimdon” jamoalari har biri o‘zlarining zukkoligini, bilimli ekanliklarini ko‘rsatib, fakultet bosqichiga yo‘llanmani qoʼlga kiritdilar.