Bugun, 16-aprel kuni soat 11:30 da viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi, Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi, xotin-qizlar maslahat kengashi, axborot – resurs markazi, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda fakultetlar hamkorligida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi hamda  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari va nomzodlari bilan “Sen bahorni sog‘inmadingmi?” deb nomlangan ma’naviy –ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan Jizzax politexnika instituti rektori, t.f.d. professor Usmankulov Alisher Kadirkulovich ochib berdi.
Tabrik uchun so‘z navbati viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Kamola Muratovaga berildi.
Tadbirda “Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqida” “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Hanifaxon Hamdamova, “Abdulla Oripov – she’riyatning ulug‘ darg‘asi” mavzusida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i Mehribon Abdurahmonovalar so‘zga chiqdilar.
Tadbirning tantanali “E’zozlar uchun tashakkur” qismida 2021-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bo‘lgan Jizzax politexnika instituti talabasi Dildora Imomova hamda Jizzax Davlat pedagogika instituti talabasi Muqaddas Mamarasulovalarning dil so‘zlari tinglandi. Shu bilan birga bir guruh professor- o‘qituvchi va talabalar erishgan yutuqlari uchun Faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirning badiiy qismida esa talabalar Abdulla Oripov she’rlaridan va qo‘shiqlaridan ijro etib berdilar.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B. Rashidova