Jizzax politexnika institutida "Samarqand aglomeratsiyasi uchun yo'lovchi oqimini o'rganish" loyihasi yakuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Jizzax politexnika instituti prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va institutning iqtidorli talabalari hamda loyiha ishtirokchilari qatnashdilar.
Ushbu tadbirda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori S.Tovboev so'zga chiqib loyiha va uning ahamiyati haqida o'z fikr mulohazalarini bildirdi.
Tadbir mobaynida loyiha ishtirokchilari sertifikat hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Institut matbuot xizmati