Yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlarni, jamiyatda ma’naviy hayot va kelajakni barpo etishda ayol va oilaning o‘rni beqiyos ekanligini e’tirof etgan holda, ta’lim muassasalarida “Ayolni ulug‘lash – millatni ulug‘lash demakdir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirni o‘tkazish, ko‘p yillar ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan, fidoyi, faxriy xotin-qizlarimizning ibratli hayotini yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsadida institut ma’muriyati hamda institut xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Ibratli hayot” tadbiri tashkil etildi. Tadbir avvalida institutda ko‘p yillardan buyon faoliyat olib borayotgan “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Soatova Dilbar Akbarovna kutib olindi.
Tadbirni institut rektori t.f.d. professor Usmankulov Alisher Kadirkulovich kirish so'zi bilan ochib berdi.
Shundan so'ng, viloyat hokimi o‘rinbosari, “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” boshqarmasi boshlig‘i, senator Muxtorova Nazira Abdusattorovna so'zga chiqdi.
Tadbir davomida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Soatova Dilbar Akbarovna haqidagi rolik tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.
Institutning “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Soatova Dilbar Akbarovnaning hayoti va faoliyati haqida kafedra  mudiri Hanifaxon Hamdamova so'zlab berdi.
Shuningdek, tadbirda ko'plab institut xodimlari va professor-o'qituvchilar tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdilar va sovg'alar ulashdilar.
Tabdir yakunida professor–o‘qituvchilar va talabalar o'zlarni qiziqtiruvchi savollarga javob oldilar.