Jizzax politexnika instituti akademik litseyida 2020-2021-o'quv yili yakuni munosabati bilan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda Jizzax poliexnika instituti rektori A. K. Usmankulov, o'quv ishlari bo'yicha prorektor G'. G'. Egamnazarov, Jizzax shahar mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i D. Djumaboyev, ota-onalar va akademik litsey o'quvchi va bitiruvchi-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbirga akademik litsey ijrochi direktori M.T.G'oziyeva rahbarlik qildi.
Tadbirda akademik litseyning joriy o'quv yili davomida sportning Kikboksing, Taekwondo ITF hamda qo'l jangi turlari bo'yicha Respublika va Xalqaro musobaqa g'oliblaridan 2-bosqich o'quvchilari S. Jumaboyeva, D. Shaxriyorov, I. Oripov, S. Asatillayev va Sh. Azimov hamda 1-bosqich o'quvchilaridan sportning "Universal jang" turi bo'yicha Xalqaro chempionat g'olibi F. Ne’matovlar hamda "Rektor stipendiyasi"ning sohiblari, fan olimpiadasi g'oliblari institut rektori A. K. Usmankulov tomonidan munosib taqdirlandi.
Tadbirga taklif etilganlar bitiruvchilarga o'z tilaklarini bildirdilar.
Tadbirning badiiy qismida bitiruvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Tadbir unda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarda katta qiziqish va taassurot qoldirdi.
Institut matbuot xizmati