Mamlakatmizida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlantirish, ajdodlar merosini o’rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish maqsadida talabalar o’rtasida “Yangi O’zbekiston yangi dunyoqarash” shiori ostida “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovi o’tkazilmoqda.
Joriy yil 27-may kuni Guliston davlat universiteti mezbonligida Respublikamizning 6 ta OTMlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "Ma'rifat maydoni" respublika tanlovida Jizzax politexnika instituti "Bunyodkor yoshlar" jamoasining adabiyotga oshufta iqtidorli talabalari "Maʼnaviyat va maʼrifat" boʼlimi boshligʼi Baxti Rashidova hamda "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri Xanifa Xamdamova rahbarligida muvaffaqiyatli ishtirok etib, III darajali diplom bilan taqdirlandi. Tanlovning asosiy maqsadi - haykallari "Adiblar xiyoboni"dan joy olgan shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini, buyuk ajdodlarimiz me'rosini talaba-yoshlarga chuqur o'rgatish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma'rifatni targ'ib qilishdir.