Jizzax politexnika instituti ma’muriyati tomonidan II jahon urushida qozonilgan g’alabaning 76 yilligi, “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira bor ekan-millat barhayot”, “E’tibor va g’amxo’rlik – insoniy burch” shiori ostida institutga biriktirilgan Jizzax shahrida joylashgan mahallalarda istiqomat qiluvchi II jahon urushi qatnashchilari, front orti ishlarda ishtirok etgan mehnat faxriylari holidan xabar olinayotganligi haqida xabar qilgan edik. Ushbu tadbirlar bugun, 6-may kuni ham davom etdi.
Tashkil etilgan tadbirlarda institut rektori A.Usmankulov boshchiligida prorektorlar, institut kasaba uyushmasi raisi Q.Takaboyev, institut fakultetlari dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari, Jizzax viloyat televideniyasi vakillari hamda mahallalar raislari va mahalla faollari ishtirok etishdi.
Xususan, institutning “Sanoat texnologiyalari” fakultetiga biriktirilgan Jizzax shahridagi Olmаzor M.F.Y., Sаrbon ko‘chаsi, 97-uyda istiqomat qiluvchi, 1926-yilda tug’ilgan, II jahon urushi qatnashchisi, 95 yoshli Abdujabborov Abdujalil bobonining xonadoniga institut rektori A.Usmankulov, “Sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani M.Pozilov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari J.Shamshiyev, Olmazor mahallasi raisi N.Shamsiyeva, mahalla faollari, viloyat televideniyasi vakillari tashrif buyurishdi. Abdujalil boboni bayram bilan qutlab, institut va homiylarning esdalik sovg’alari va pul mukofotlari topshirildi.
Ushbu mahallaning Toshloq ko‘chаsi, 134-uyida yashovchi 94 yoshli mehnat faxriysi Zoxidova Ochiloy momoni ham mas’ullar yo’qlab borishdi. Ochiloy momo uzoq yillik mehnat tajribasiga ega, II jahon urushi, oqibatlari va asoratlariga guvoh bo’lgan. Ochiloy momo urush va undan keyingi yillardagi ocharchilik, qiyinchilik davrlaridagi turmush va mehnat sharoitlari haqida yig’ilganlarga so’zlab berdi. Institut rektori A.Usmankulov momoga uzoq umr, tansihatlik tilab, institut va homiylarning esdalik sovg’alari va pul mukofotlarini topshirdi.
Tadbirlar davomida institutning “Kimyoviy texnologiya” fakultetiga biriktirilgan Ittifoq mahallasi 7-uy, 33-xonadonda yashovchi mehnat faxriysi 79 yoshli Inomov Xojimurod bobo ham yo’qlandi. Xojimurod bobo avvalo, keksalarga bo’lgan e’zoz va hurmat, g’amxo’rlik uchun ushbu muborak ayyom kunlarida tashrif buyurgan institut ma’muriyati vakillari va tashkilotchilarga tashakkur aytib, ularning haqlariga duo qildi.
Keksalarni, urush qatnashchilarini ardoqlash va e’zozlash, ularga g’amxo’rlik qilish bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlar, uchrashuvlar shu mahallaning 7-uy 42-xonadonida yashovchi, 1962-yilda tug’ilgan, Afg’on urushi qatnashchisi, baynalmilal jangchi Hamdamov Egam boboning xonadoniga sovg’a-salomlar bilan tashrif buyurish orqali davom ettirildi. Egam bobo 1980-1982-yillarda Afg’onistonda bo’lib o’tgan urushda ishtirok etgan. Haqiqiy urush daxshatlari, hayot-mamot voqelarini o’z ko’zi bilan ko’rib kelgan, Egam bobo suhbat chog’ida hozirgi tinch va osuda kunlarning qadriga yetish, tinchlikni asrash, davlatimizning mana shunday e’tibor va g’amxo’rligi haqidagi fikrlarini bayon qildi. Institut rektori A.Usmankulov Egam boboni bayram bilan qutlab, doimo yaqinlari, farzandlari va nabiralari baxtiga salomat bo’lishini tiladi va esdalik sovg’alarni ulashdi.
“E’tibor va g’amxo’rlik – insoniy burch” shiori ostida tashkil etilgan tadbirlar shu kunning ikkinchi yarmida Kimyogar mahallasi, Sayilgoh ko’chasi 25-A uy, 33-xonadonda istiqomat qiluvchi, 1947-yilda tug’ilgan 74 yoshli mehnat faxriysi Abduqodirova Maryam momoning xonadonida ham bo’lib o’tdi. Maryam momoni institut rektori A.Usmankulov bayram bilan qutlab, institut va homiylarning esdalik sovg’alari va pul mukofotini topshirdi.
Kimyogar mahallasi Sayilgoh ko’chasi 4-uy, 3-xonadonida yashovchi, 1950-yilda tug’ilgan, 71 yoshli mehnat faxriysi Asamov Ilmdor boboning ham xonadoniga mas’ullar tashrif buyurishdi. Mehnat faxriysi bilan kechgan suhbatda sobiq tuzum davri, urushdan keyingi tiklanish yillari voqea-hodisalari, davr qiyinchiliklariga qaramay, o’zbek xalqining mehnati evaziga qo’lga kiritilgan yutuqlar haqida muloqot qilindi. Tadbir so’nggida, Ilmdor bobo tashrif buyurganlarnining barchasiga e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bu kabi ezgu ishlar institutning “Qurilish materiallari muhandisligi” fakultetiga biriktirilgan Toshloq M.F.Y.da yashovchi mehnat faxriylarining xonadonlarida ham bo’lib o’tdi. Xususan, Gavhar ko’chasi, 30-uyda istiqomat qiluvchi, 91 yoshli mehnat faxriysi Narziqulova Karomat momoning xonadoniga institut rektori A.Usmankulov, institut kasaba uysuhmasi raisi Q.Takaboyev, “Qurilish materiallari muhandisligi” fakulteti dekani Sh.Erboyev, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari R.Bobojonov hamda Toshloq mahalla raisi G.Abdusamadova, mahalla raisining huquq-tartibot bo’yicha o’rinbosari (Profilaktika inspektori) B.Shavkatov hamda mahalla faollari, talaba-yoshlar tashrif buyurishdi. Karomat momo institut ma’muriyatiga hamda tashrif buyurganlarga rahmat aytib, hurmat va ehtirom, e’zoz uchun chuqur minnadorchilik bildirib duoga qo’l ochdi.
Toshloq mahallasi Sh.Rashidov ko’chasi, 77-uy 8-xonadonda istiqomat qiluvchi 79 yoshli Mustafoyeva Marklena momoni institut rektori A.Usmankulov boshchiligidagi mas’ullar yo’qlab borishdi. Tashrif davomida Marklena momo bilan dildan suhbat qurildi. Suhbat so’ngida institut rektori Marklena momoga institut ma’muriyati va homiylarning esdalik sovg’alari hamda pul mukofotlarini topshirdi.