Joriy yil 29-aprel kuni Jizzax politexnika institutiga biriktirilgan Jizzax shahridagi mahallalar raislari va MFY raislarining huquq-tartibot bo'yicha o'rinbosarlari bilan hamkorlikda "Rektor va mahalla raislari uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
Unda Jizzax shahridan institutga biriktirilgan mahallalar raislari va ularning huquq tartibot bo'yicha o'rinbosarlari, institut ma'muriyati, jumladan, institut rektori, yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor, fakultetlar dekanlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda mahallalarda "Yoshlar", "Ayollar" hamda "Temir" daftarga kiritilgan talabalar bilan ishlash, mahallalarda ijarada yashayotgan talaba-yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish, "mahallabay" ishlashni rivojlantirish, ijarada yashovchi talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularning nazoratsizligini oldini olish hamda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha fikrlar almashildi. Shuningdek, tez-tez Mahalla raislari, soliq idoralari, ijarada turuvchi talabalar, ularning ota-onalari, ijarachilar bilan uchrashuvlar o'tkazilishiga kelishib olindi.