Jizzax politexnika instituti "Energetika va radioelektronika" fakulteti dekani U. Yarlakabov Jizzax shahrida ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash joylariga borib, ijarada turuvchi talaba-yoshlar hamda ijarachilar bilan uchrashib suhbatlashmoqda.
Xonadon egalari, ularning kasbi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, texnik xavfsizlik kabi masalalar fakultet dekani tomonidan o’rganilib, joriy yil 1-maydan boshlab ijarada turuvchi talaba-yoshlarga ijara to'lovining 50 foizini davlat tamonidan to'lab berilishi to'g'risida tushunchalar berilmoqda.