Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakultetiga qarashli 322-20 QXMS va DIT guruhida murabbiylik soatida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga fakultet dekani dots. M. Pozilov, dekan oʼrinbosari J. Shamshiyev, kafedra mudiri B. Xoldorov, mutaxassislik fani o‘qituvchisi O. Ermatov va guruh murabbiyi N. Dusbayeva qatnashdi.
Ota-onalarga farzandlari ta’lim olayotgan maskan haqida ma’lumot berildi.
Talabalarning odob ahloqi, kiyinish madaniyati, darslardagi davomati va fanlardan o‘zlashtirishlari yuzasidan suhbat olib borildi. Yig‘ilish soʼnggida faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.