Joriy yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Hamidovich Karimov Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi. K. Karimov tashrif davomida institut professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Vazirning birinchi o‘rinbosari dastlab Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash lozimligi haqida to‘xtaldi. Shu bilan birga oliy ta’lim muassasasi oldida turgan muhim vazifalar haqida suhbatlashdi. Uchrashuv chog‘ida talabalarning tahsil olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, institut moddiy texnik bazasini rivojlantirish, qabul jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalar haqida fikr almashildi.