Bugun 31-iyul kuni Jizzax politexnika institutida institut rahbariyati va mutasaddi xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Karantin munosabati bilan "2021/2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabuldagi o‘zgarishlar" mavzusidagi matbuot anjumani ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etildi.
Tadbirda institutning o'quv ishlari bo'yicha prorektori, texnika fanlari nomzodi, dotsent Gʼayrat Egamnazarov, Qabul komissiyasi ma'sul kotibi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Azzam Berdiqulov, O'quv uslubiy boshqarma boshlig'i Abdujamil Ko'chimov, Xodimlar bo'limi boshlig'i Bobur G'aybullayev hamda Axborot xizmati rahbari-Matbuot kotibi Jahongir Tulakovlar ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida bakalavriat hamda magistratura taʼlim yoʻnalishlari uchun oʼtkaziladigan kirish imtihonlari, 2021/2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabuldagi o‘zgarishlar, xorijdan hamda respublika OTMlaridan oʼqishni koʼchirish hamda tiklash tartibi, institutda yangi oʼquv yilida oʼquv jarayonini tashkil etish boʻyicha tayyorgarliklar, texnikum va litseylardagi qabul tartibi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Jizzax politexnika instituti Jizzax viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari boshqarmasi, ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Qolaversa institut matbuot xizmati tashkiliy masalalarda ham oʼz yordamini ayamagan institut rahbariyati va mutasaddi xodimlariga hamda axborot texnologiyalari markazi jamoasiga oʼz minnatdorchiligini bildiradi Institut matbuot xizmati