#Saylov2021 #Kelajaging_uchun_ovoz_ber!   Saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri. Mamlakatimizda oʻtkaziladigan Prezidentlik saylovida yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Xabaringiz bor, talaba-yoshlarning saylov bilan bogʻliq bilimlarini hamda huquqiy savodxonligini oshirish, mazkur siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostidagi “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi amalga oshirilmoqda. “Targ‘ibot poyezdi” bugun, 13-oktabr kuni Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi. Targ'ibotchilar institut jamoasi tomonidan munosib kutib olinib, loyiha ishtirokchilarining institut talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv seminar tarzida tashkil etilib, unda Jizzax politexnika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S. Eshbekova, Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi o'qituvchisi B.Muqumov, Toshkent davlat yuridik universiteti 2-kurs talabasi S.Samiyev, Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi A.Abdukarimov, Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi S.Tilovova, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-kurs talabasi D.Toshtemirova, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-kurs talabasi M.Xolboyeva, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti 2-kurs talabasi U.Toshqulov, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti 2-kurs talabasi X.Komilov, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti 4-kurs talabasi D.Oltiboyev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs talabasi K.Suyarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida talaba-yoshlarga saylovning huquqiy asoslari, ovoz berishning ahamiyati bo'yicha batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, saylov bo'yicha talaba-yoshlar o'rtasida viktorina o'yinlari bo'lib o'tdi. Viktorina o'yinlarining yakuniy natijalariga ko'ra, "Kimyoviy texnologiya" fakulteti talabalari g'oliblikni qo'lga kiritdi. Shundan so'ng, barcha ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshirilib, tadbir ko’ngilochar dasturlar bilan davom etdi. Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.   Batafsil: https://telegra.ph/13-10-13-3