#Saylov2021 #Kelajaging_uchun_ovoz_ber!   2021-yil 14-oktabr kuni Jizzax politexnika institutida "Talaba-yoshlar va saylov" talabalar forumi doirasida “Saylov mening nigohimda” ko‘rik-tanlovi o'tkazildi. Forumining ikkinchi qismi hisoblangan ko'rik-tanlovga Jizzax politexnika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari jalb etildi. Oliy ta'lim muassasalaridan ishtirok etgan jamoalar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bahslashdilar. Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan "Saylov 2021: Kelajaging uchun ovoz ber" shiori ostida harakatlanayotgan targ’ibot guruhi vakillari tanlov komissiyasi aʼzolari tarkibiga kiritildi. Qizg‘in bahslar bilan davom etgan tanlovda jamoalar asosan saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari haqidagi savol-javoblar asosida saralandi. Tanlov shartlari davomida talabalar o‘zlarining saylov jarayoni va saylovning huquqiy asoslari bo‘yicha nechog‘lik ma’lumotga ega ekanliklarini, saylov qonunchiligiga kiritilgan barcha so'nggi o'zgarishlar va yangiliklardan qay darajada boxabar ekanliklarini namoyish etdilar. Shundan so'ng, tadbir ko’ngilochar dasturlar bilan davom etdi.   Batafsil: 👉 https://telegra.ph/14-10-15-4