#Saylov2021 #Kelajaging_uchun_ovoz_ber!   2021-yil 14-oktabr kuni kunning ikkinchi yarmida Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida viloyat adliya boshqarmasi rahbarlari bilan brifing bo'lib o'tdi. Brifingga Jizzax politexnika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari jalb etildi. Talabalarining fuqaro sifatidagi siyosiy dunyoqarashini shakllantirish, kengaytirish va boyitish maqsadida “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida viloyat adliya boshqarmasi rahbarlari bilan tashkil etilgan brifing davomida yoshlarimizga saylov nima, unda ovoz berishning maqsadi va mohiyati, tartibi va qoidalari, amaldagi saylov qonunchiligidagi o‘zgarish va yangiliklar to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. Savol-javoblar, qiziqarli bahs munozara sifatida o‘tgan uchrashuvda oliy ta'lim ta'lim muassasalari talabalari faol ishtirok etishdi. Uchrashuvda talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar. Batafsil: 👉 https://telegra.ph/14-10-15-5