Joriy yil 6-sentabr kuni Jizzax politexnika institutida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida Mustaqillikning 30 yilligi va “Bilimlar kuni” munosabati bilan bayram tashkil etildi. Tadbirda institut ma’muriyati, professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar va homiy tashkilot vakillari hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdilar. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Sanobar Eshbekova ochib berdi. Institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov mustaqilligimizning 30 yilligi va “Bilimlar kuni” munosabati bilan nutq so’zladi. Bayram shodiyonalari davom etayotgan bugungi tantanali damlarda barcha mehmonlar, professor-o’qituvchilar hamda o‘z iqtidori, ilmi, ijodiy izlanishi bilan institut faoliyatida ishtirok etayotgan yigit-qizlarni bayram bilan tabriklab, o’zining samimiy tilaklarini yo’lladi. Tadbir mobaynida institut ma’muriyati vakillari hamda bir qator professor-o’qituvchilari, jumladan, institut rektori, t.f.d., professor A. Usmankulov; o’quv ishlari bo’yicha prorektor G’. Egamnazarov; “Energetika” kafedrasi professori U.Yo’ldoshev; “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti D. Soatova; “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchi H. Mustafoqulova;
“Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi E. Xolmurodovlarni “Mustaqillikning 30 yilligi” ko’krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. So’ngra, faxriy ustozlardan “Kimyoviy texnologiya” fakulteti dotsenti Ikrom Ro‘zimatov “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida so’zga chiqib, talabalikka qabul qilingan yoshlarga samimiy istaklar yoʻlladi. Bayram tadbiri davomida institutning “Servis” fakulteti III bosqich talabasi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi Safarov Qodiri Qoplonbek yuqori ball to‘plab, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan talabalarga iliq tilaklar bildirib, oʻqishda muvaffaqiyatlar tiladi.   Tadbirning badiiy qismida talabalar ijrosida raqs hamda she’rlar namoyish etildi.   Tadbir yakunida viloyat “Oltin fond”iga kiritilgan talabalar ishtirokida “O’zbekiston yoshlari” qo’shig’i ijro etildi. Tadbirdan so’ng, barcha talabalar uchun “Mustaqillik darslari” auditoriyalarda davom ettirildi.   Batafsil: 👉 https://telegra.ph/06-09-06-5