Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish ʼʼKomplaens nazoratʼʼ tizimi boshqarish bo‘limi boshlig‘i Bobur Maxsudov so’zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tushuntirish ishlari, korrupsion holatlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish va korrupsiya holatlari bo’lgan holatlarda ularga nisbatan qo’llaniladigan jazo choralari haqida yetarlicha maʼlumot berib oʻtdi. Bundan tashqari, ko’rgazmali slaydlar ham namoyish etildi. Suhbat davomida fakultet talabalari korrupsiyaga qarshi kurash borasida soha mutaxassislaridan oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olish orqali kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishdi va talaba yoshlari tomonidan sahna ko’rinishlari, she’rlar, qo’shiqlar kabi chiqishlar namoyish etildi.