Turin politexnika institutining Jizzax filiali qo’shma ta’limining barcha talabalari Toshkent shahridagi Turin politexnika institutiga tashrif buyurishdi va ular Turin politexnika instituti rahbariyati tomonidan kutib olindi. Tashrif davomida institutda yaratilgan sharoitlar (kutubxona, ilmiy laboratoriyalar, texnoparklar, ma’ruza zallari, yoshlar konsulligi faoliyati, sport majmualari) bilan yaqindan tanishildi. Institut rektori prof. J.Inoyatxoʼjayev talabalar bilan tanishib, ochiq muloqot tarzida savol-javoblar o’tkazdi. Shu jumladan mini futbol bo’yicha Jizzax politexnika instituti “Rektor kubogi-2021” sovrindorlari taqdirlanib, kelgusida Jizzax politexnika instituti qo’shma fakulteti talabalari uchun barcha imtiyozlar berilishi aytib o’tildi hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida vazifalar belgilab olindi.